Hurmatli Kasaba uyushmalari faollari va a’zolari!

#
  • 2025-11-11 16:38:45

Hurmatli Kasaba uyushmalari faollari va a’zolari!

Sizlarni O'zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120-yillik yubiley sanasi va 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Mamlakatimizdagi barcha kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, faoliyati davomida alohida o'rnak ko'rsatayotgan hodimlar va ularning oilalarini sog‘lomlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, dam olish va madaniy hordiq uchun sharoitlar yaratish borasida qilinayotgan ishlar e’tiborga loyiqdir.

Ushbu sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-g‘ayrat, faoliyatingizda yanada yuksak natijalar tilaymiz.

Hurmat bilan,
"Autosanoat agro lizing" jamoasi

2021 - 2026. All right reserved. «Autosanoat Agro Lizing» LLC