“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA YANGI KOMBAYNLARNI YETKAZIB BERISH VA MAVJUDLARINI KO‘RIKDAN O‘TKAZISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

#
  • 2026-05-21 11:29:26

“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA YANGI KOMBAYNLARNI YETKAZIB BERISH VA MAVJUDLARINI KO‘RIKDAN O‘TKAZISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

"Autosanoat agro lizing" MCHJ Maslahatchisi B. Karimov boshchiligidagi ishchi guruxning navbatdagi o‘rganishlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, Jamiyat tomonidan avvalgi yillarda lizing asosida berilgan g‘alla o‘rish kombaynlarining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng Bo‘ka, Ohangaron, O‘rtachirchiq tumanlaridagi klasterlar va fermer xo‘jalik vakillari bilan ko‘rishib, mavjud qarzdorliklarni zudlik bilan yopish zarurligi tushuntirildi.

Qolaversa, “G‘alla-2026” mavsumi uchun g‘alla o‘rish kombaynlariga bo‘lgan talab o‘rganildi. Buyurtmanomalar shakllantirildi va shartnomalar imzolandi.

Avans mablag‘i shakllantirilgandang so‘ng ushbu g‘alla o‘rish kombaynlari mavsumga qadar o‘z egalariga yetkaziladi.

"Autosanoat agro lizing" matbuot xizmati

 

2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»