Приложение

«Autosanoat agro lizing» MCHJ Bosh direktorining

MUROJAATI

Taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiya illati butun dunyoda hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Bejizga emas, Davlatimiz rahbari ham ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini har safar takror va takror taʼkidlaydilar.

“Davlat tizimini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”.

Darhaqiqat, davlat xizmatchisining eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va eʼtiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik.

Bizning “Avtosanoat agro lizing”da ham korrupsion holatlarni oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlarini lizing asosida beruvchi bizning Jamiyatning kundalik faoliyatidagi asosiy yo‘nalishidan biri sifatida Komplayens amaliyoti bo‘lib kelmoqda va kelgusida ham bo‘lib qoladi.

Tartibga soluvchi Komplayens xizmati hamda Jamiyat xodimlari birgalikda muhim vazifani bajarmoqdamiz, biz ushbu yo‘nalishdagi hozirgi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz va o‘zgartirmoqdamiz.

Shu bilan birga, biznes hamkorlarni tanlash, baholash va tasdiqlashning puxta jarayoni «Avtosanoat agro lizing» MCHJ tomonidan korrupsiyaga qarshi qonunchilik buzilishi xavfini kamaytirishning muhim vositasi sanaladi.

Bizning asosiy maqsadimiz, faoliyat yuritayotgan hamda biz bilan birga ishlab kelayotgan mamlakatlarda qonunlarga bo‘ysunuvchi va namunali tashkilot sifatida o‘z obro‘imizni mustahkamlashdir.

Buning uchun esa, transmilliy jinoyat sifatida barchani tashvishga solib kelayotgan Korrupsiya bilan kurashish uchun tashkil etilgan Komplayens ichki nazorat xizmati xodimi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etmoqdamiz.

Kelgusida, bizga yuklangan masʼuliyatni to‘liq anglagan holda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi va holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha choralarni ko‘ramiz.

Shuningdek, hamkasblar va hamkorlarimizni ish yuritishda xalqaro standartlarga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga va shubha tug‘ilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berishga yana bir bor chorlab qolamiz.

Hurmat bilan,

«Avtosanoat agro lizing» MCHJ Bosh direktori

B. Karimov

2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»