Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, paxta parvarishi holati hamda agrotexnik tadbirlarning borishini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
✅Tashrif davomida vazirga Paxtachilik kengashi a’zolari, vazirlikning tizim tashkilotlari rahbarlari hamrohlik qilmoqda.
📰 Dasturga muvofiq, dastlab Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” hamda “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaliklarining paxta dala maydonlari ko‘zdan kechirildi.
🌲 Dalalarda g‘o‘zaning rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning sifati, sug‘orish, oziqlantirish va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari joyida tahlil qilindi.
🟦 Vazir o‘z navbatida, Surxondaryo vohasida paxtachilikning boy tajribasi va an’analari mavjudligini ta’kidlab, bugungi iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda va o‘z vaqtida bajarish muhimligini qayd etdi.
🌱 Ayniqsa, g‘o‘zaning har bir rivojlanish bosqichida o‘simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarish yuzasidan amaliy tavsiyalarini berdi.
🟦 Shundan so‘ng “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaligi dala maydonida tuman fermerlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
➡️ Seminar davomida vazir bevosita daladagi g‘o‘za namunalarini tahlil qilib, o‘simlikning hozirgi holati, hosil elementlari, vegetativ va generativ rivojlanish jarayonlari xususida tushuntirish berdi.
📰 Shuningdek, "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni"ning mazmun-mohiyati fermerlarga amaliy misollar orqali tushuntirildi.
🔸 Mazkur tamoyillarga qat’iy amal qilish o‘simlikning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash, oziqa moddalari va suvdan samarali foydalanish, kasallik hamda zararkunandalar xavfini kamaytirish, natijada esa yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
💬Seminar yakunida fermerlarning savollariga javob berildi, mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar bildirildi hamda har bir dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»