Qashqadaryo: paxtachilikda ilmiy yondashuv va amaliyot uyg‘unligi

#
  • 2026-07-29 16:14:41

Qashqadaryo: paxtachilikda ilmiy yondashuv va amaliyot uyg‘unligi

🌱Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qashqadaryo viloyatidagi ishchi tashrifi doirasida Kasbi tumanida fermerlar, agronomlar, olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazdi.

📚Seminarda g‘o‘za parvarishining bugungi mas’uliyatli bosqichida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish va oziqlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil etish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek, "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni" asosida hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔬 Mutaxassislar tomonidan har bir dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, suv va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, g‘o‘za rivojlanish bosqichlariga mos parvarish ishlarini olib borish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

🌍 Tadbir davomida mikroplastik ifloslanish, uning tuproq unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri, shuningdek, antibiotiklarga chidamlilik muammosi yuzasidan ham fikr almashildi. Bundan tashqari, kremniy o‘g‘itlarini g‘o‘za yetishtirishda qo‘llash bo‘yicha mahalliy olimlarning yangi ilmiy ishlanmalari seminar ishtirokchilariga taqdim etildi.

🗣Vazir dala ishlarini kechiktirmasdan, sifatli va ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, har bir agrotexnik tadbirni belgilangan muddatlarda bajarish mo‘l va sifatli hosil yetishtirishning eng muhim sharti ekanini ta’kidladi.

💬Seminar yakunida fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, ilmiy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar.

✅ Zero, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishishning eng muhim omillaridan biridir.

2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»