Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi: Tuproq ichidan sug‘orish

#
  • 2026-07-29 16:16:50

Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi: Tuproq ichidan sug‘orish

💧Tuproq ichidan sug‘orish tizimi yerning unumdor qatlamidan 40-60 sm chuqurlikda joylashtirilib, maxsus namlovchi quvur liniyasi

tuproq kapillyarlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz qatlamiga suvni yetkazib berishdan iborat.

📄 Bunda maxsus quvurlarning uzunligi, suv o‘tkazish hajmi va orasidagi masofasi e’tiborga olinadi:
- quvurlarning uzunligi – 50-200 metr;
- suv o‘tkazish hajmi – soniyasiga 0,02-0,33 litr (100 metrga);
- oradagi masofa – 1-3,5 metr.

✅ Tuproq ichidan sug‘orishning afzalliklari:
- suv bug‘lanishi deyarli kuzatilmaydi;
- begona o‘tlar o‘sib chiqmaydi;
- suv bilan birga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish imkoniyati;
- hosildorlikni 40% gacha oshishi.

2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»