Joriy yilning 5 fevral kuni "Avtosanoat agro lizing" MCHJ Markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar filiallari xodimlari uchun 2025 yil yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Dastavval, Jamiyat Bosh direktori Burxan Karimov so‘zga chiqib, o‘tgan yil davomida qilingan ishlar, natijalar, erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan maʼruza qildi.
Shundan so‘ng, Bosh direktor o‘rinbosarlari O. Sayfullayev, R. Atakulov, yuridik bo‘limi boshlig‘i Sh. Rajabov va Komplayens nazorati xodimi U. Sultanbayevlarning xisobotlari tinglandi.
2025 yil moliyaviy yil davomida yaxshi natija ko‘rsatgan bir gurux xodimlar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
2026 yil amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shu kuni Chirchiq shahrida joylashgan "Agrotech klaster" hududidagi ishlab chiqarish zavodlari xususan, UzClaasAgro korxonasiga tashrif buyurildi va faoliyati bilan yaqindan tanishildi.










2021 - 2026. Все права защищены. ООО «Autosanoat Agro Lizing»