Barcha qishloq xoʼjaligi agregatlarini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi korxonalarga

#
  • 2026-06-16 19:52:28

Barcha qishloq xoʼjaligi agregatlarini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi korxonalarga

“Autosanoat Agro Lizing” MChJ tomonidan 2026 yil ikkinchi yarim yillik uchun tasdiqlangan “Biznes-reja”da koʼrsatilgan qishloq xoʼjaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish boshlanmoqda.

Shu sababli, Sizning korxonangiz tomonidan ishlab chiqariladigan yoki yetkazib beriladigan qishloq hoʼjaligi agregatlari toʼgʼrisidagi tijoriy takliflarni yuborishingizni soʼraymiz.

Tijoriy taklifda quyidagi maʼlumotlar boʼlishi kerak:

- agregatning rusumi;
- ishlab chiqarilgan yili;
- narhi;
- omborda mavjudligi;
- yetkazib berish muddati;
- agregatning kafolat muddati (1 yildan kam boʼlmagan muddatga);
- Korxonaning QQR va viloyatlarda dillerlik va servis markazlari mavjudligi;
- Korxona tomonidan agregatlarni QQR va viloyatlarga yetkazib berish xizmati mavjudligi;
- Shartnomaga asosan agregat uchun yakuniy toʼlovni toʼlash muddati (90 kundan kam boʼlmagan muddatga).

Takliflaringizni info@aaleasing.uz elektron pochta manzili orqali yoki Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon MFY, Bobur koʼchasi 34-uy, “Bobur” biznes-markazi 4 qavatda joylashgan “Autosanoat agro lizing” MChJ Markaziy ofisiga 2026 yil 26 iyunga qadar dushanbadan jumagacha soat 10:00dan 17:00gacha olib kelishingizni va ikki tomonlama manfaatli boʼlgan muzokaralarda ishtirok etishingizni soʼrab qolamiz.

2021 - 2026. Барча ҳуқуқлар химояланган. «Autosanoat Agro Lizing» МЧЖ