“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

#
  • 2026-05-25 12:35:20

“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

"Autosanoat agro lizing" Maslahatchisi B. Karimov boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi.

Dastavval, viloyat hokimligi vakillari, tijorat banklari rahbarlari va tizim tashkilot vakillari bilan ko‘rishib, muzokaralar olib borildi.

Avvalgi yillarda Surxondaryo viloyatiga berilgan G‘alla o‘rish kombaynlarining lizing to‘lovlaridan mavjud qarzdorliklari fermerlar kesimida nomma-nom o‘rganildi, to‘lov intizomini joyiga qo‘yish zarurligi bo‘yicha tushuntirildi.

Qolaversa, “G‘alla-2026” mavsumi uchun viloyatdagi fermerlarga beriladigan yangi, zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlarini qisqa muddatda topshirish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.

"Autosanoat agro lizing" matbuot xizmati

2021 - 2026. Барча ҳуқуқлар химояланган. «Autosanoat Agro Lizing» МЧЖ