“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA QARZDORLIKLAR MONITORINGI

#
  • 2026-04-30 12:25:38

“G‘ALLA-2026” MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA QARZDORLIKLAR MONITORINGI

"Autosanoat agro lizing" MCHJ Maslahatchisi B. Karimov boshchiligidagi ishchi guruxning navbatdagi o‘rganishlari Navoiy va Buxoro viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, Jamiyat tomonidan avvalgi yillarda lizing asosida berilgan g‘alla o‘rish kombaynlarining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, hokimlik vakillari, fermer xo‘jalik rahbarlari bilan ko‘rishib, “G‘alla-2026” mavsumi uchun g‘alla o‘rish kombaynlariga bo‘lgan talab o‘rganildi. Buyurtmanomalar shakllantirildi.

Qolaversa, surunkali tarzda qarzdorlikka yo‘l qo‘yib kelayotgan lizing oluvchilar bilan muzokaralar olib borildi. Qarzdorlikni vaqtida to‘lamaslik qanday oqibatlarga olib kelishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

"Autosanoat agro lizing" matbuot xizmati

2021 - 2026. Барча ҳуқуқлар химояланган. «Autosanoat Agro Lizing» МЧЖ